O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga muvofiq, plyajlarni tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat turlari majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Plyajlarni Oʻz DSt 13009:2020 davlat standarti boʻyicha sertifikatlashtirish plyaj infratuzilmasi, boshqaruvi va texnik xizmat koʻrsatishning ushbu standartda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash jarayonidir.
Standart plyajlarni boshqarish va ulardan foydalanishni, shu jumladan quyidagi jihatlarni oʻz ichiga oladi:
1. Xavfsizlik va sogʻliqni saqlash:
- qutqaruvchilar va kuzatuv postlarining mavjudligi;
- birinchi yordam va jihozlar;
- xavfli hududlar toʻgʻrisida ogohlantirish va ularni belgilash tizimi;
2. Infratuzilma va jihozlar:
- hojatxonalar, dush, kiyim almashtirish xonalariga kirish;
- nogironlar uchun qulayliklar;
- axborot belgilarining sifati va joylashtirilishi;
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish:
- axlat va chiqindilarni boshqarish;
- plyaj va suvni tozalash;
- tabiiy resurslardan barqaror foydalanish;
4. Turistlar uchun xizmatlar va qulayliklar:
- jihozlarni ijaraga olish (yotish to‘shaklari, soyabonlar va boshqalar);
- kafelar, ovqatlanish va savdo shoxobchalari;
- axborot markazlari va ma’lumotlar;
5. Menejment va jamoatchilik bilan aloqalar:
- plyajni boshqarish rejasi;
- shahar hokimiyati bilan aloqa;
- mahalliy jamoatchilikning ishtiroki va xabardorligi.
Sertifikatlashtirish jarayoni
1. Tayyorgarlik: plyaj Oʻz DSt 13009:2020 davlat standarti talablariga javob berishi kerak, bu xavfsizlik, infratuzilma, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish jihatlarini oʻz ichiga oladi.
2. Ariza topshirish: plyajlarni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning rasmiy sayti: tourquality.uz orqali sertifikatlashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.
3. Audit: belgilangan talablarga muvofiqlikni baholash amalga oshiriladi.
4. Sertifikat berish: audit muvaffaqiyatli yakunlangach, muvofiqlik sertifikati beriladi va plyajga tegishli toifa beriladi.
5. Inspeksiya nazorati: standartlarga muvofiqlikni ta’minlash uchun davriy ravishda tekshiruvlar o’tkaziladi.
Sertifikatlashtirish nima beradi?
- turistlarning ishonchini oshirish;
- plyaj va mintaqaning imidjini yaxshilash;
- turistik reytinglarda ishtirok etish imkoniyati;
- xavfsizlik va barqarorlikni oshirish.
Bogʻlanish uchun ma’lumotlar:
- Telefon: +998 95 199 15 01
- Elektron pochta: sertifikaciya.turizm@mail.ru
- Manzil: Toshkent sh., Oybek koʻchasi, 18-uy