Bo'limlar

Sertifikatlashtirish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i.

 Bo‘lim turizm xizmatlarini, jumladan mehmonxona va teroperatorlik xizmatlarini sertifikatlashtiradi, joylashtirish vositalari toifasini belgilaydi, sertifikatsiya masalalarida arizachilar bilan hamkorlik qiladi. Rahbariyat tomonidan tahlil qilinishi uchun bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi.

Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi 355-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom asosida olib boriladi.

Bo‘lim faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi:

-Turizm, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va hukumati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish tizimi va Milliy sertifikatlashtirish tizimining fundamental me’yoriy xujjatlari;

-O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtiri va akrreditatsiyalash Milliy tizimining huquqiy asoslari;

-Xatlar, bayonnomalar, sa’lumotnomalar va umuman ish yuritishni tuzish tartibi va rasmiylashtirish qoidalari;

-turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi;

-turizm sohasida sertifikatlashtirish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar bilan ishlash mahorati

-mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, inlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari

Inspeksiya nazorati bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i: S. Mirkamilova

Inspeksiya nazorati bo‘limi turizm xizmatlarini  sertifikatlashtirish tizimidagi tashkiliy-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqish, amalga kiritishda ishtirok etadi, o‘rnatilgan tartibga muvofiq sertifikatlashtirilgan xizmatlarning inspeksiya nazoratini amalga oshiradi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra xujjatlar (bayonnoma,dalolatnoma) rasmiylashtiriladi, inspeksiya nazorati xujjatlari to‘plami to‘liqligi tekshiriladi. Turizm xizmatlarini snrtifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha mavjud me’yoriy va protsedura xujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Bo‘lim faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi:

-O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtiri va akrreditatsiyalash Milliy tizimining huquqiy asoslari;

-Turizm, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va hukumati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish tizimi va Milliy sertifikatlashtirish tizimining fundamental me’yoriy xujjatlari;

-xatlar, bayonnomalar, sa’lumotnomalar va umuman ish yuritishni tuzish tartibi va rasmiylashtirish qoidalari;

-turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi;

-turizm sohasida sertifikatlashtirish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar bilan ishlash mahorati

-mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, inlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari

Innovatsion usullar va axborot texnologiyalari bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i  : vakant

Innovatsion usullar va axborot texnologiyalari bo‘limi avtomatlashtirilgan tizim foydalanuvchilarini xizmatlardan muddatida ta’minlashni tashkil qiladi, xisoblash resurslaridan foydalanish me’yorlarini ishlab chiqadi, avtomatlashtirilgan tizimlar ishlashini tahlil qiladi, foydalanuvchilar e’tirozlari, reklamatsiyalari, xajm va sifat, grafikdan chetlashishlar xisobini yuritadi, birlamchi ma’lumotlarni tayyorlash, EHM dan olingan axborotlar shifrlarini ochish, xisoblash texnikalarining barcha imkoniyatlarini amalga oshirishda xodimlarini o‘qitadi va  metodik yordam ko‘rsatadi. Markaz internet saytini yuritadi

 Bo‘lim faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi:

-turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishda avtomatlashtirilgan tizimlarni tashkil qilish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qarorlar, farmonlar, buyruqlar va boshqa rahbariy xujjatlar;

–   ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi texnologiyalari, xisoblash (axborot-xisoblash) markazi tuzilmasi hususiyatlari;

-texnik ta’minot, xisoblash texnikalarini dasturiy vositalarini, matematik va iqtisodiy usullarni ko‘llash sohasidagi rivojlanish istiqbollari, hamda avtomatlashtirish ob’ektlarida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish istiqbollari, vazifalarni avtomatlashtirishni kengaytirish aloqalari va imkoniyatlari.

-hisoblash texnikalarining texnologik quvvati;

-elektron-hisoblash texnikalari, tizim va qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqish, ma’lumot uzatish tarmoqlari, axborot va abonentlik punktlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish asoslari.    

Tashkiliy-texnik bo‘lim

Bo‘lim boshlig‘i: X. Mirzarayimov 

Tashkiliy-texnik bo‘lim xizmatlar va korxonani asosiy faoliyatini boshqa turlarini texnik tayyorgarligini tashkil qiladi, ishlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshligini oshirish, xizmat ko‘rsatishdagi moddiy va mehnat sarflarini qisqartirish. Sertifikat olish uchun xujjatlarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, sertifikatlashtirish bo‘yicha shartnoma, sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqni beruvchi kelishuvni taqdim qiladi. Sertifikatlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy qilishga aloqador sharnomalarni tuzilishi va bajarilishini naxorat qiladi.

     Bo‘lim faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi:

-xizmatlarni texnik tayyorlash bo‘yicha mehyoriy va metodik materiallar;

-turizm sohasi va korxonani rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari;

– korxona xizmatlarini taqdim qilish, xizmat kursatish ish vaqti tartibi, xizmatlar zaxirasini aniqlash va ulardan foydalanish.

-xizmat ko‘rsatishning texnik talablari

– xizmatlarni texnik tayyorlashni ashkil qilish

– xujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish tartibi

-yangi texnika va texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy qilishni iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari

– xizmatlarni texnik tayyorlash, mehnatni tashkil qilish va boshqaruv sohasida milliy va xorijiy korxonalarning ilg‘or tajribalari

-mehnatni muxofaza qilish tartibi va me’yorlari

Standartlashtirish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i: A. Sultanov

Standartlashtirish bo‘limi yangi standartlarni hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha boshqa xujjatlarni ishlab chiqadi va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni tadbiq qiladi, xizmatlar sifatini oshirish, o‘lchov bir xilligini ta’minlash, standartlar talablariga amal qilinishini nazorat qilish va ularga rahbarlik qilish, hamda bu masalalar bo‘yicha konsultatsiya berish bilan shug‘ullanadi. Turizm xizmatlarini standartlashtirish tizimining tashkiliy-uslubiy xujjatlarini ishlab chiqadi va amalga kiritadi. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya, bo‘yicha xalqaro tashkilotlar standartlari, qoidalari va protseduralari, milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganib chiqadi va tizimlashtiradi. Standartlashtirish ob’ektlarini aniqlaydi, yangi standartlar ishlab chiqadi, standartlar va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha boshqa xujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi, me’yoriy xujjatlar loyihalari ekspertizasini ztkazadi va xulosa tayyorlaydi. Turizm sohasida standartlashtirish bo‘yicha Texnik Qo‘mita Sekretariyatini yuritadi.

     Bo‘lim faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi:

-Turizm, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va hukumati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish tizimi va Milliy sertifikatlashtirish tizimining fundamental me’yoriy xujjatlari;

-Milliy sertifikatlashtirish tizimi va O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya tizimining huquqiy asoslari;

– xatlar, bayonnomalar, sa’lumotnomalar va umuman ish yuritishni tuzish tartibi va rasmiylashtirish qoidalari;

– turizm xizmatlarini standartlashtirish tartibi;

– turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi;

-mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, inlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari