“Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 «Turizm va sport» standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan Oʻz DSt ISO 22525:2021 (ISO 22525:2020, IDT) “Turizm va unga bog‘liq xizmatlar. Tibbiy turizm. Xizmat ko‘rsatishga talablar” davlat standarti ishlab chiqildi.
Mazkur davlat standarti O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022-yil 17-yanvardagi 05-1369-son buyrug‘i bilan qabul qilindi.
Ushbu standart tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlarning vositachilari va ta’minotchilari uchun talab va tavsiyalarni belgilaydi.
Ushbu standart tibbiy sabablarga ko‘ra sayohat qilayotgan sayyohlarning talablarini qanoatlantirish uchun ularga sifatli xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.
Standart 2022-yil 1-apreldan amalga joriy etiladi.