Toshkentda navbatdagi mehmonxonalar “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sertifikatiga ega bo‘ldi

Ziyorat va sayohat turizmida keng salohiyatga ega mamlakatimiz xorijiy va mahalliy mehmonlarning sevimli manziliga aylanib ulgurgan. Tashrif buyuradigan mehmonlar uchun O‘zbekistonning qadimiy tarixi, azaliy urf-odatlari barobarida ayni pandemiya paytida xavfsiz turizm yo‘nalishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi bo‘yicha Toshkent shahrida joylashgan “Asia Tashkent” hamda “Arfa-AR” mehmonxonalari 4 mart kuni «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan sertifikatlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 19 iyundagi 4755-sonli Prezident Qaroriga muvofiq xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi majburiy tartibda joriy etilishi belgilangan bo‘lib, ushbu tizim bo‘yicha sertifikatlashtirishdan o‘tmagan turizm obyektlari tashkilotlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ko‘rsatib o‘tilgan.