Turizm sohasi xodimlari uchun madaniy qulay sharoitlar yaratilmoqda

Turizm va sport vazirligi tomonidan Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy tadbirlar, teatr va konsert tomoshalari, sport musobaqalari hamda turizm maskanlariga ko‘plab sayohatlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Vazirlikning tegishli rejasiga muvofiq, Turizm va sport vazirligining markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda Toshkent shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi xodimlarining turli madaniyat va san’at ko‘rgazmalariga tashrifi tashkil etildi.

Jumladan, “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK xodimlari ham Toshkent fotolar uyida O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan, Fransiyalik fotograf Renate Grаf ijodiga mansub asarlardan iborat “Ipak yo‘li bo‘ylab zаmоnlаr osha” nomli fotoko‘rgazmasi hamda bаhоr vernisaji bilan yaqindan tanishishdi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar vaqtini mazmunli tashkil etilishi hamda soha vakillarining madaniy va ma’naviy hordiq olib, o‘z ustida mukammal ishlashiga zamin yaratadi.