O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan Turoperator, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini oʻtkazish, “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida ariza topshirish uchun video rolik ishlab chiqilgan hamda Markazning rasmiy
(https://tourquality.uz/uz/press-center/videogalereya/) saytiga joylashtirilgan.
Joylashtirish vositalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
- nizomiy hujjatlar talablariga muvofiq turizm sohasidagi ta’lim va/yoki malaka attestatlari bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risidagi 1-ilovaga muvofiq ma’lumotlar;
- koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;
- yong‘in xavfsizligi uchun vakolatli nazorat organining xulosasi nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi);
- sanitariya-gigiena xavfsizligi nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ (SEOM) xulosasi nusxasi*;
- lift uskunalari xavfsiz ishlashi uchun vakolatli nazorat organining (O‘zbeksiton Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) xulosasi nusxasi (lift mavjud bo‘lsa); *
Izoh * Yangi tashkil etilgan joylashtirish vositasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida ko‘rsatilgan hujjatlar o‘rniga foydalanishga topshiriladigan davlat komissiyasining hujjati nusxasi taqdim etilishi mumkin.
- Mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli xizmatlar bilan tuzilgan shartnomalar nusxasi:
- dezinfeksiya haqida;
- yong‘in signalizatsiya tizimini ta’mirlash bo‘yicha;
- liftlarni saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish (lift mavjud bo‘lsa).
Markaz kelib tushgan arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Sertifikatlashtirishni rad etishga quyidagi holatlar sabab bo‘ladi:
- arizada toʻliq boʻlmagan hajmdagi maʼlumotlarni koʻrsatish;
- arizaga ilova qilingan hujjatlar (ma’lumotlar, xulosalar, shartnomalar) toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim qilinishi;
- agarda taqdim etilgan ariza, hujjatlar va maʼlumotlar sifatining sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan axborotni toʻliq darajada aniqlashga imkon bermasligi.
Misol tariqasida so‘ngi uch oy mobaynida Markazga jami 191 ta sertifikatlashtirish uchun ariza kelib tushgan. Shundan 126 ta ariza qabul qilingan, 65 tasi esa rad etilgan. Markazga kelib tushayotgan arizalarda, arizalarni rad etilishiga vakolatli nazorat organing xulosalari muddati (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan bo‘lishi shart), Mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli xizmatlar bilan tuzilgan shartnomalarning amal qilish muddati tugaganligi, liftlar mavjud bo‘lganda lift uskunalari xavfsiz ishlashi uchun vakolatli nazorat organining Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xulosasi mavjud emasligi bo‘yicha muammolar asosiy sabab bo‘lmoqda. Shuningdek ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan turizm sohasidagi ta’lim va/yoki malaka attestatlari bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risidagi 1-ilovaga muvofiq ma’lumotlar arizaga muvofiq taqdim qilinmayotgan holatlar ham ko‘p kuzatilmoqda.
Nizomning 42-bandida Sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan faoliyatni keyinchalik amalga oshirish uchun sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha uch oydan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qayta sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markazga murojaat qilishi kerakligi belgilangan. O‘z navbatida, shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki amal qilish muddati tugaganidan so‘ng E-mehmon tizimidan uzilganidan keyingina qayta rasmiylashtirish uchun ariza topshirish holatlari bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib ariza beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda sertifikatlashtirishdan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefon: (+99895 199 15 01), Teleegram: (+99895 199 15 01)