Franchayzing - bu sotish usuli bo‘lib, unga ko‘ra individual firmaga (mehmonxona) franchayziga franchayzing firmasi tomonidan ishlab chiqilgan marketing modeli rahbarligida mehmonxona mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish, sotish yoki tarqatishda ishtirok etish huquqini beradigan litsenziya shartnomasidir. Franchayzer franchayzilarga o‘z savdo belgisi, nomi va reklamasidan foydalanishga ruxsat beradi.
Franshizaning mohiyati:
* Minimal investitsiyalar bilan turli joylarda biznesning tez va barqaror rivojlanishi.
* Riskning yo‘qligi, chunki biznesni yuritish franchayzingning zimmasida.
* Ko‘pchilik mehmonlarining ushbu tarmoqni yaxshi bilishi va ishonchi, bu mehmonxonalarning band bo‘lishiga ko‘maklashadi.
* Tayyor biznes strategiyasi.
* Raqobatbardosh marketing dasturlari.
* Tayyor sotuv tizimlari.
Franshizaning mohiyati
Bunday munosabatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, taniqli yirik brend, ya’ni franchayzer, franchayzilarga o‘zlarining barcha imidjlarini taqdim etadi. Buning evaziga u kompaniyaning qo‘shimcha daromad manbasini oladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, franchayzing asosida ishlaydigan mehmonxonaga ham mehmonlar, ham franchayzer tomonidan yuqori standartlarga asoslangan talablar qo‘yiladi. Chunki, taniqli operatorlar bozordagi o‘z o‘rniga uzoq vaqt davomida erishganlar va undan voz kecha olmaydilar. Shuning uchun, korporativ standartlarni saqlash franshiza sotuvidagi brend shartlaridan biri hisoblanadi.
Franchayzer mehmonxonaning ishlash tizimini nazorat qiladi va bu bilan barcha xodimlarning malakasini oshirishga ko‘maklashadi. Franchayzerning xodimlarni tanlashga ham o‘z talablari bor – franshiza shartnomasini imzolagan otelyer o‘ziga eng yaxshi kadrlarni topishi zarur.
Mehmonxona brendlarining TOP - 10:
1. Hilton– Hilton Worldwide (AQSH)
2. Marriott – Marriott International (AQSH)
3. Hyatt – Hyatt Hotels Corporation (AQSH)
4. Sheraton – Starwood Hotels & Resorts (AQSH)
5. Holiday Inn – InterContinental Hotel Group (Buyuk Britaniya)
6. Courtyard – Marriott International (AQSH)
7. Hampton Inn – Hilton Worldwide (AQSH)
8. Mercure – Accor Group (Fransiya)
9. Ramada – Wyndham Worldwide (AQSH)
10. SHANGRI-LA ASIA – Shangri-La Hotels and Resorts (Xitoy)