ISO 45001 – bu xalqaro standart boʻlib, korxonalarga xodimlarning salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash boʻyicha reglament berish maqsadida ishlab chiqilgan. Standart mehnat xavfsizligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimini ifodalaydi.
Standart xodimlarning sogʻligʻini ta’minlash, qulay ish sharoitlarini yaratish va kompaniya xodimlariga mumkin boʻlgan salbiy ta’sirlarning oldini olish uchun yaratilgan.
ISO 45001 “Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini menejment tizimlari. Qo‘llash uchun talab va tavsiyalar” - bu tashkilotlarga xodimlarni baxtsiz hodisalardan himoya qilishni ta’minlashga yordam berishga qaratilgan yagona xalqaro talablar to‘plamidir.
Ushbu standartining maqsadi - tashkilotning oʻziga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muhim omillarni va uning xodimlariga nisbatan mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligi vazifalarini qanday bajarishini yuqori darajada tushunishini ta’minlashdir.
Standartdan foydalanishning afzalliklari: baxtsiz hodisalar soni pasayadi, hamda kompensatsiyani qoplash xarajatlari kamayadi; ishlab chiqarish xavflari, shuningdek, baxtsiz hodisalar uchun jarimalar va to‘lovlar uchun harajatlar ko‘rinishidagi moliyaviy yo‘qotishlar kamayadi; qonunlar va davlat standartlari normalariga rioya qilinadi; mas’uliyat sohalari aniq taqsimlanadi; xalqaro standart boshqa xalqaro standartlar va boshqa boshqaruv tizimlari bo‘yicha sertifikatlash bilan mos keladi (ISO 9001 и boshqalar bilan).
ISO 45001 standarti kompaniya rahbariyati va xodimlariga, shuningdek, tashqi manfaatdor tomonlarga sogʻliqni saqlash va mehnat xavfsizligini doimiy ravishda oʻlchash va yaxshilashni kafolatlaydi.