2023-yil davomida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyin – Markaz) tomonidan turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish, inspeksiya nazorati, standartlashtirish va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish sohalarida quyidagi ishlar bajarildi.
Hisobot davrida 485 ta tashkilotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Shundan 22 ta turoperatorlik xizmati va 463 ta joylashtirish vositasti xizmatidir. Jumladan:
-
172 ta yangi joylashtirish vositalari (umumiy nomer fondi 6109 ta nomer/12522 ta joy);
-
-
241 ta qayta sertifikatlashtirishdan o‘tgan joylashtirish vositalari;
-
-
12 ta ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari ro‘yxatini kengaytirgan joylashtirish vositalari;
-
-
38 ta tashkilotning muvofiqlik sertifikati sertifikatlashtirish arizasida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikat egasining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) yoki xizmat ko‘rsatish joyi o‘zgargani sababli qayta rasmiylashtirildi.
Shuningdek 5 ta 3*, 6 ta 4* va 3 ta 5* toifali sertifikat rasmiylashtirilib jami 14 ta joylashtirish vositasiga toifa berildi.
Normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida, hisobot davrida turizm xizmatlarini amalga oshiruvchi 694 ta sertifikatlashtirish obyekti qayta baholash (inspeksiya nazorati) dan o‘tdi (693 ta mehmonxona xizmatlari va 1 ta turoperator xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotlar).
Markaz qoshida faoliyat yurivchi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan hisobot davrida 5 ta davlat standarti ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, jumladan:
-
Oʻz DSt ISO 21101:2022 “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar”;
-
-
Oʻz DSt ISO 21103:2022 “Sarguzasht turizmi. Ishtirokchilar uchun ma’lumot”;
-
-
Oʻz DSt ISO 13810:2022 “Turizm xizmatlari. Sanoat turizmi. Xizmatlarni taqdim qilish”;
-
-
O‘z DSt 3296:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi”;
-
-
Oʻz DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar”.
Shuningdek Markaz mutaxassislari respublikamiz hukumati tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ham faol ishtirok etdilar.
Menedjment tizimlarini joriy etish bo‘yicha joriy yil boshidan Toshkent shahrida - 9 ta, Toshkent viloyatida - 1 ta, Buhoro shahrida – 1 ta, Samarqand shahrida – 10 ta, Xiva shahrida - 1 ta, Urganch shahrida - 1 ta, jami 23 ta mehmonxonada menejment tizimlarini sertifikatlashtirish amalga oshirildi
va O‘z DSt ISO 9001 standarti boʻyicha muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilib topshirildi.
“2023-yil joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasi”ga asosan Toshkent shahrida - 11 ta, Toshkent viloyatida - 1 ta, Samarqand shahrida – 1 ta, Buhoro shahrida - 1 ta, Termiz shahrida – 1 ta, Nukus shahrida – 1 ta, jami 16 ta mehmonxonada inspeksiya nazorati oʻtkazildi.
Markazning 10 nafar xodimi O‘z Dst ISO 9001, O‘z Dst ISO 17065 xalqaro standartlari hamda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish” o‘quv kursida ishtirok etib o‘z malakasini oshirdi.
Shu bilan birga sohaga oid standartlar boʻyicha taqdimot materiallari, “Joylashtirish vositalarida menejment tizimini sertifikatlashtirish” va “Mehmonxonalar yulduz toifasini olish” mavzularida videoroliklar tayyorlandi va Markaz xodimlariga texnik oʻqishlar oʻtkazildi.
Joriy yilda Markaz xodimlari respublika miqyosida tashkil etilgan 8 ta tadbir va markaziy shtabda ham ishtrok etib ularni yuqori saviyada oʻtkazilishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Markazning bir qator mutaxassislari respublikamizning “Mening yurtim”, “Dunyo bo‘ylab”, “Zo‘r tv” telekanallari tomonidan tashkil etilgan sohaga oid koʻrsatuvlarda ishtirok etdilar.
Markaz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida sohani keng yoritish maqsadida maqolalar nashr qilindi.
Jumladan:
-
Markaz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda - 240 ta;
-
-
Hududiy boshqarmalar ijtimoiy tarmoqlarida - 151 ta;
-
-
Turizm qo‘mitasi veb-sayti telegram kanalida - 30 ta;
-
-
Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida 65 ta (mahalliy uznews.uz, Nuz.uz, t.me/rost_24.uz, xabardor.uz, Daryo.uz, UzDily.uz, Profi.Travel, Kun.uz, Hordiq.uz, Sputnik O‘zbekiston, democrat.uz, darakchi.uz, xabar.uz, effect.uz, uzreport.news, vzglyad.uz, aniq.uz veb-saytlari, Rossiya va Qozog‘istonning news.myseldon.com, ria-stk.ru, Новости Mail.ru Вести.kz, zakon.kz, ratel.kz, tengritravel.kz, Arbat.media veb-saytlarida) ma’lumot chop etildi.