Tibbiy turizm - bu yashash joyidan tashqarida rejalashtirilgan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, chet eldagi ta'tillarni yuqori malakali tibbiy yordam olish bilan birlashtirish amaliyotini bildiruvchi atama. Tibbiy turizm faqat boshqa davlatda tibbiy xizmatlar olishni o‘z ichiga olmaydi.
Tibbiy turizm - bu fuqarolarning xorijda davolanishini maqsadli tashkil etish, yashash mamlakatidan tashqarida zarur tibbiy xizmatlarni olish imkoniyatlari va usullarini yaratish, bir vaqtning o'zida turistik va qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishni ta'minlaydigan turizm yo'nalishidir. Undan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini keng rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasida oshirish, sohaga zamonaviy texnologiya va uskunalarni joriy etish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish turizm paketlarini ishlab chiqish, tibbiyot sohasini, turdosh tarmoqlarni (turizm, logistika, madaniyat, umumiy ovqatlanish) rivojlantirishdan iboratdir.
Tibbiy turizm uchta asosiy toifaga bo‘linadi:
-
Sog‘lomlashtiruvchi - farovonlikni yaxshilash va immunitetni oshirish uchun sog'lomlashtirish sayohatlari, detoks va spa-kurort muolajalari.
-
-
Diagnostika - aniq tashxis qo'yish va kasallikning klinik kechish xususiyatlarini baholash uchun laboratoriya va instrumental usullar yordamida bemorni tekshirish.
-
-
Davolovchi - terapiya va reabilitatsiya.
O‘zbekistonda tibbiy turizm mahalliy turizmning yosh va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonda davolanish Markaziy Osiyoga sayohat qilayotgan yoki uning hududida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi xorijliklar uchun qulay imkoniyat bo‘ladi. Yuqori sifatli, arzon laboratoriya testlari, diagnostika testlari va asosiy tibbiy muolajalar sayohat yo‘nalishiga osongina kiritilishi mumkin.