O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida nizom” ga muvofiq tadbirkorlik subyektlari joylashtirish vositasini sertifikatlashtirish uchun arizaga dezinfeksiya, yong‘in signalizatsiyasi tizimi va liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli xizmatlar bilan shartnomalar nusxalarini ilova qilishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnomalar yangilanib turilishi va shartnomalar asosida doimiy ravishda dezinfeksiya ishlari, yong‘in signalizatsiyasi tizimi va liftlarga (agar mavjud bo‘lsa) texnik xizmat ko‘rsatilishi inspeksiya nazorati vaqtida baholanadi.
Ushbu xizmatlar mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashga bevosita aloqador bo‘lganligi bois tegishli xizmatlar bilan shartnomalar tuzilishi va shartnomalar asosida ishlar amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish maqsadga muvofiq.
Joylashtirish vositalarida mehmonlar xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlar
29 Avgust 2023
- Комментарии
Loading comments...