Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan tashkilotlardan biridir. U 1946-yilda yigirma beshta standartlashtirish boʻyicha milliy tashkilot tomonidan tuzilgan. Tashkilotni tuzish va uning nomini tanlashda ismning qisqartmasi barcha tillarda bir xil boʻlishi kerakligi hisobga olingan. Buning uchun yunoncha “isos” - teng soʻzidan foydalanishga qaror qilindi, shuning uchun dunyoning barcha tillarida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti qisqa “ISO” nomiga ega. Rasmiy tillari: ingliz, fransuz va rus.
Bugungi kunda ISO 170 mamlakatdagi milliy standartlashtirish tashkilotlarini birlashtirgan xalqaro nodavlat tashkilotdir. U ishlarni amalga oshirishning eng yaxshi usullarini topish uchun butun dunyodan mutaxassislarni birlashtiradi. Jenevada joylashgan Kotibiyat ISO ning muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.
ISO ning asosiy maqsadi xalqaro standartlarni ishlab chiqish orqali xalqaro savdo va oʻzaro yordamni yengillashtirish uchun global miqyosda standartlashtirishni rivojlantirishdir. ISO intellektual, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy faoliyat sohasida ham hamkorlikni kengaytirmoqda. Oʻz aʻzolari orqali u bilim almashish va ixtiyoriy xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi. Ushbu standartlar innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi va global muammolarga yechim beradi.
ISO tuzilmasi boshqaruv va ishchi organlardan iborat. Boshqaruv organlariga Bosh Assambleya (yuqori organ), ISO Kengashi va Texnik boshqaruv byurosi kiradi. Ishchi organlar texnik qoʻmitalar (TQ), quyi qoʻmitalar (QK), texnik maslahat guruhlari (TMG) dan iborat.
A’zolikning uchta toifasi mavjud: toʻliq a’zolar, muxbir a’zolar va obunachi a’zolar. ISO a’zolari - bu oʻz mamlakatlari manfaatlarini ISO da ifodalovchi va shuningdek, oʻz mamlakatlarida ISO vakili boʻlgan milliy standartlar organlaridir. Toʻliq a’zolar standartni ishlab chiqishning turli bosqichlarida ovoz berish orqali faol ishtirok etishlari mumkin. Toʻliq a’zolar xalqaro standartlarni milliy darajada sotish va qabul qilish huquqiga ega.
Muxbir a’zolar ISO standartlarini ishlab chiqishni nazorat qiladi, lekin ovoz berish huquqiga ega emas. Muxbir a’zolar xalqaro standartlarni milliy darajada sotish va qabul qilish huquqiga ega.
Obunachi a’zolar ISO da amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida dolzarb ma’lumotlarni oladi, lekin ishda qatnasha olmaydi.
O‘zbekiston ISO ning to‘liq a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ISO da O‘zbekiston manfaatlarini ifodalaydi va uning ishida ishtirok etadi. Turizm sohasida Oʻzbekiston ISO/TK 228 “Turizm va yondosh xizmatlar” texnik qoʻmitasi faoliyatida muxbir a’zo sifatida ishtirok etadi.