Bed and breakfast, B&B (Inglizcha — "Yotoq va nonushta") - turli uylarda mavjud bo'lgan mini-mehmonxona turidir, unda tashrif buyuruvchilar uchun yotoq joy va nonushta taklif etiladi. Ushbu turdagi mehmonxonalar butun dunyoda keng tarqalgan, ammo mamlakatga qarab, mijozlarga xizmat ko‘'rsatish turli tarzda bo‘ladi, yagona standartlar mavjud emas.
B&B turidagi mehmonxonada quyidagi taomlar taqdim etilishi mumkin:
-
issiq yoki sovuq ichimliklar bilan quruq oziq-ovqat;
-
-
yengil gazak yoki to‘liq nonushta;
-
-
do‘kondan olingan mahsulotlar;
-
-
uyda yoki kafeda pishirilgan taomlar;
-
-
menyudan yoki ma’lum bir assortimentdan tanlash.
Bunday mini mehmonxonalarning asosiy ajralib turadigan xususiyati xuddi yashash uydagidek imkon qadar yaqin bo‘lgan qulay va shinam muhitdir. Bunday arzon mehmonxonada siz biznes uchrashuvi yoki ekskursiya oldidan ajoyib dam olishingiz mumkin.
B&B turidagi mexmonxona kam sonli xonalarga ega. Mehmonxona, egalari va xodimlari yashaydigan xususiy uyda joylashgan bo‘lsa, mehmonlarga faqat 2 yoki 3 ta xona beriladi. Binoda odam kam bo‘lganligi sabab mexmonlar tinchlikda dam olishadi. Shu bilan birga, bunday mehmonxonalar shahar markazida joylashganligi, uning barcha infratuzilmasi mehmonlar xizmatida bo‘lishiga imkon yaratadi.