O‘z DSt ISO 22000:2019 davlat standarti - oziq-ovqat zanjiridagi ishtirokchi tashkilotlarga, o‘zlarinig bozor segmentlarini aniq egallashlari va uning chegaralarini kengaytirishlari hamda manfaatdor tomonlarning, shu jumladan, tashkilot mijozlarining talablarini qondirishlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu standart HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points - xavfli omillar va tanqidiy nazorat nuqtalarining tahlili), shu jumladan, ularni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar tamoyillariga asoslanadi va boshqa ISO standartlari, masalan,
O‘z DSt ISO 9001:2015 bilan uyg‘unlashtirilgan.
Joriy yil yanvar oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Samarkand Regency Amir Temur”, “Wellness Park Hotel Bactria” va “Wellness Park Hotel Turon” mehmonxonalari restoranlarida O‘z DSt ISO 22000:2019 davlat standarti boʻyicha sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazildi. Shuningdek, joriy hafta davomida “Savitsky Plaza”, “Wellness Park Hotel Afrosiyob” va “Wellness Park Hotel Sogd”, mehmonxonalari restoranlarida sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazilmoqda.
Sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazish davomida mehmonxonalar restoranlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatni samarali nazorat qilinganligi, mijoz talablariga muvofiqligini kafolatlanganligi, hamda mehmonlarga yuqori malakali xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatilayotganligi yana bir bor tasdiqlandi.