Inspeksi nazorati - bu joylarda oʻtkaziladigan audit, lekin u butun tizimning auditini anglatmaydi va sertifikatlash organiga mijozning sertifikatlangan menejment tizimi qayta sertifikatlash auditlari orasidagi davrda talablarni bajarishda davom etishiga ishonch hosil qilishga imkon beradigan boshqa tekshirish tadbirlari bilan birgalikda rejalashtirilishi kerak.
Inspeksiya nazoratining maqsadi – bu tashkilotning ISO 9001 talablariga rioya qilishda davom etayotganligini ko‘rsatishdir. Agar haqiqatdan ham shunday bo‘lsa, sertifikatlash auditi paytida berilgan sertifikat o‘z kuchini saqlab qoladi.
MTning inspeksiya nazorati tekshirish rejasini tayyorlashdan boshlanadi, ya‘ni inspeksiya nazorati maqsadlari, baholash mezonlari, ma‘lumotnoma hujjatlari, tekshirish joyi va sanasi, komissiyada ishtirok etuvchi shaxslar belgilanadi, hamda ma’lumotlarni oshkor etmaslik talablari ko‘rsatiladi. Hujjatlar tayyorlanadi, ularda tekshirish natijalari inspeksiya nazorati vaqtida qayd etiladi. Bular nazorat ro‘yxatlari, yig‘ilishlar bayonnomalari, nomuvofiqliklar bayonnomalari bo‘lishi mumkin.
Inspeksiya nazorati jarayonining o‘zi dastlabki yig‘ilishdan boshlanadi, so‘ngra ma’lumotlar yig‘iladi va tekshiriladi, xulosalar chiqariladi va nazorat varaqlarida qayd etiladi. Nazoratning navbatdagi bosqichi - xulosa tayyorlash va yakuniy yig‘ilishni o‘tkazishdir. Yuqori keltirilgan jarayonlar natijalari hisobotda aks ettiriladi.
Inspeksiya nazorati yiliga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.