Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko‘p ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Turizmda yana bir muhim omil bu mehmonxona.
Bu borada mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Davlatimiz rahbari tomonidan Turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar berish, xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilib, mehmonxonalardagi sharoitlarni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirishga ham katta ahamiyat berilmoqda.
Buning yaqqol dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur qarorning 5 bandida quyidagilar belgilangan:
Belgilansinki, dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga ko‘ra) foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:
-
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
-
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi ko‘pi bilan 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘ladi.
Mazkur islohotlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 20 dan ortiq brend mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan:
№ |
Nomi |
Hudud |
Toifa |
1 |
INTERCONTINENTAL TASHKENT |
Toshkent shahri |
5* |
2 |
HILTON TASHKENT CITY |
Toshkent shahri |
5* |
3 |
HYATT REGENCY |
Toshkent shahri |
5* |
4 |
RAMADA |
Toshkent shahri |
4* |
5 |
WYNDHAM |
Toshkent shahri |
4* |
6 |
PANARAMS TOSHKENT HOTEL, A MEMBER OF RADISSON INDIVIDUALS |
Toshkent shahri |
4* |
7 |
COURTYARD BY MARRIOTT |
Toshkent shahri |
4* |
8 |
MERCURE TASHKENT |
Toshkent shahri |
4* |
9 |
HOLIDAY INN |
Toshkent shahri |
|
10 |
CROWNE PLAZA TASHKENT |
Toshkent shahri |
|
11 |
HAMPTON BY HILTON |
Toshkent shahri |
|
12 |
RAMADA ENCORE BY WYNDHAM |
Toshkent shahri |
|
13 |
RADISSON BLU HOTEL TASHKENT |
Toshkent shahri |
|
14 |
HILTON GARDEN INN SAMARKAND |
Samarqand shahri |
4* |
15 |
MOWENPICK |
Samarqand shahri |
|
16 |
WYNDHAM BUKHARA |
Buxoro shahri |
|
17 |
MERСURE BUKHARA OLD TOWN |
Buxoro shahri |
|
18 |
WYNDHAM GARDEN |
Jizzax viloyati |
|
19 |
TRYP BY WYNDHAM |
Jizzax viloyati |
|
20 |
RAMADA ENCORE BY WYNDHAM |
Jizzax viloyati |
|
Hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan turizm sohasini qoʻllab-quvvatlovchi qaror va farmonlar natijasida bu koʻrsatkichlar yil sayin ortib borishi kutilmoqda..