O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT Bosh Assambleyasi tizimining eng muhim voqeasi hisoblangan UNWTO sessiyasiga mezbonlik qiladi. 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Sessiya davomida sarmoyaviy va maʼrifiy forumlar oʻtkaziladi, yilning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari tanlanadi.
Tadbirda dunyoning 160 ga yaqin davlatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, turizm biznesi vakillari ishtirok etmoqda. Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan UNWTO Ijroiya kengashining Ishonchnomalar qo‘mitasiga qabul qilingan.
Bu O‘zbekistonga UNWTO Ijroiya kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar va hujjatlarning haqiqiyligi va ularga rioya etilishini nazorat qilish vakolati yuklanganligini anglatadi. Mazkur tanlovda O‘zbekistonning bir qancha sayyohlik qishloqlari ham ishtirok etishini ta’kidladi.