Sifat menejmentini sertifikatlashtirish korxona sifat menejmenti tizimining O‘z DSt ISO 9001:2015 standartlari talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartibi hisoblanadi. Menejment tizimining oʻzi sifatni ta’minlash uchun etarli sharoitlarni yaratadigan xizmatlarni taqdim etuvchi tizimni ifodalaydi.
Shu munosabat bilan, "Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Toshkent shahrida joylashgan “Michelin Hotel” mehmonxonasida Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.
“Michelin Hotel” mehmonxonasi Oʻz DSt ISO 9001:2015 standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni oʻtkazish davomida samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi va iste’molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar normativlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.