Oʻz DST ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi - bu korxonaning oqilona boshqaruvining isboti boʻlib, uning yuqori sifatli xizmat koʻrsatayotganligining tasdiqidir. Standart boʻyicha sertifikatlashtirish nafaqat korxonani boshqarish tizimini soddalashtirish va uni yanada samarali qilish, balki iqtisodiy samara olish imkonini ham beradi.
Shu munosabat bilan, 2023-yil oktabr oyida "Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan Samarqand shahrida joylashgan “Wellness Park Hotel Sogd”, “Wellness Park Hotel Turon”, “Savitsky Plaza” va “Lia! By Minyoun Stars of Ulugbek” mehmonxonalariga Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari berildi.
Yuqori rahbariyat va xodimlar, xususan, sertifikatlashtirish ishlari boʻyicha mas’ul, “Brendlash va sertifikatlashtirish” boʻlimi boshligʻi Mamasadikov Behruz va bosh mutaxassis Axmedov Umid, sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.
Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish mehmonxonaning raqobatbardoshligini mustahkamlash, obro‘sini hamda iste’molchilarning ishonchi osirish va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdagi xavf-xatarni minimallashtiruvchi samarali ishlaydigan menejment tizimi bilan ta’minlaydi, iste’molchi uchun esa bu ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch beradi va bu, albatta, olingan sertifikat bilan tasdiqlanadi.