Hukumatning tegishli qonun va qarorlariga ko‘ra joylashtirish vositalari va ularda taqdim etiladigan xizmatlarga doir umumiy talablarni belgilovchi O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 2023-yil 7-iyulda yangi tahrirda qabul qilinib tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yil 11-noyabrdan amalga kirtildi.
Asosiy yangi kiritilgan o‘zgarishlar:
· Nomer maydoni (sanuzel, peshayvon, balkon, ayvonlarni hisobga olmaganda):
-apartament — 40 m2 dan kam emas;
-studiya — 25 m2 dan kam emas;
· Maydoni 2,0 m2 dan kam bo‘lmagan to‘liq sanuzel (avvalgi tahrirda 3 m2 dan kam bo‘lmagan to‘liq sanuzel bo‘lish kerak edi);
· Mehmonxona xizmati sifatini baholash uchun ko‘rinarli joyda joylashgan QR-kod belgisi bo‘lishi;
· “Turar joylarda,jamoat binolarida, aholi yashash huddudlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va me’yorlari” 0008-20 talablariga muvofiq ruxsat etilgan shovqin darajasi (akkreditlangan laboratoriyalarning o‘lchashlar/sinovlar bayonnomalari asosida ko‘rsatkichlar muvofiqligini tasdiqlash)
· Pandus bo‘lishi belgilangan
Yuqoridagilarga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxona xizmatlarini tashkil etish va o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirishdan o‘tishlarida yangi tahrirda qabul qilingan O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartida belgilangan talablarni inobatga olishlari so‘raladi.