Toshkent viloyati, Chimyon MFYda zamonaviy invertarlar bilan jihozlangan Sevarsoy sanatoriysi MChJ tomonidan Sevarsoy sanatoriyasi tashkil qilindi.
Sanatoriya to‘liq zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, yil bo‘yi to‘xtovsiz xizmat ko‘rsata oladi. Joylashtirish vositasining hududi tog‘ning shundoqqina tagida joylashgan va atrof ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lib, havoning tozaligi odamga o‘zgacha hordiq beradi.
Sanatoriyada yashab davolanish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan sanatoriyada bitta katta yopiq basseyn, trenajor zall, ikki xil turda sauna, 150 kishiga moljallangan konferens zal va bolalar o‘yingohlari mavjud. Sanatoriya bir vaqtning o‘zida 156 kishiga birdaniga bemalol xizmat ko‘rsata oladi.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK mutaxassislari tomonidan “Sevarsoy” nomli sanatoriyaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan muvofiqlik sertifikati taqdim qilindi.