Sifat menejmenti tizimining (SMT) joriy etilishi bozor rivojlanishining qonuniy bosqichidir. Muvaffaqiyatli korxonalar past sifatli xizmat ko‘rsatish xavfini kamaytiradigan, samarali ishlaydigan menejment tizimini yaratadilar.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tarkibida 2021-yil 12-iyulda Davlat reyestrida O‘zAK MT.0013 raqam ostida ro‘yxatdan o‘tgan menejment tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha organ (keyin – MT SO) akkreditatsiyadan o‘tdi.
MT SOning faoliyat doirasi mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, tog‘-chang‘i trassalari, plyajlar kabi turizm obyektlari, ovqatlanish obyektlari, shu jumladan, restoranlar va boshqa obyektlarni akkreditatsiya doirasiga muvofiq quyidagi standartlar bo‘yicha menejment tizimini sertifikatlashtirishni o‘z ichiga oladi:
⇒ O‘z DSt ISO 9001 standarti afzalliklari:
- tashkilotda boshqaruv sifatini oshiradi;
- ishlab chiqarish jarayonlarini mijozlar uchun shaffof qiladi;
- korxona samaradorligini oshiradi;
- xavflarni kamaytiradi;
- korxona maqomini oshiradi.
⇒ O‘z DSt ISO 14001 standarti afzalliklari:
- tabiiy resurslardan samaraliroq foydalaniladi va harajatlar kamayadi, binobarin, tashkilotning samaradorligi oshadi;
- standartni joriy qilish orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiluvchi mas‘uliyatli va ekologik toza korxona maqomini qo‘lga kiritadi;
- korxona atrof-muhitni boshqarish tizimlari qonun talablariga muvofiqligini jamoatchilik va mijozlarga yaqqol namoyish etadi.
⇒ O‘z DSt ISO 22000 standarti afzalliklari:
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatni yanada samarali nazorat qiladi;
- mijoz talablari va qonuniy talablarga muvofiqligini kafolatlaydi;
- mijozlar, iste‘molchilar va manfaatdor tomonlarning ishonchini oshiradi;
- xavflarni yaxshiroq boshqaradi.
⇒ O‘z DSt ISO 45001 standarti afzalliklari:
- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimini yaratadi, saqlaydi va takomillashtiradi;
- ishchilar va ularning faoliyati bilan bog‘liq ishlab chiqarish omillari xavfiga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa manfaatdor shaxslar uchun xavflarni bartaraf etadi yoki minimallashtiradi;
- tashkilotning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida siyosatini amalga oshiradi.
⇒ O‘z DSt ISO 50001 standarti afzalliklari:
- energiya samaradorligini baholashda shaffoflik va xolislik;
- harajatlarni kamaytiradi.
- atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va tabiiy resurslarni saqlaydi.
Hozirgi davrgacha 14 ta joylashtirish vositalariga O‘z DSt ISO 9001 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standartiga muvofiq sertifikatlar topshirildi.