- Markaz haqida
Markaz haqida
"Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" davlat unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi PQ-135-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan
-
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan "Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish va turizm sohasi obyektlarini tasniflash tartibi to'g'risida"gi Nizom talablari asosida turistik xizmatlarni sertifikatlashni amalga oshirish huquqiga ega;
-
"O'zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan va O'ZAKK davlat reyestrida ro'yxatga olingan (28.09.2021 y. O‘ZAKK.XO.0003-son);
-
korxona faoliyatining asosiy maqsadlari turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflashni amalga oshirishdan iborat;
-
mehmonxona va turistik-ekskursiya xizmatlarini sertifikatlashni amalga oshiradi;
-
turistik xizmatlarni sertifikatlash imkonini beradigan zarur vositalar va sifat menejmenti tizimiga ega;
-
turizm sohasida zarur amaliy tajribaga ega bo'lgan malakali kadrlar bilan ta'minlangan.