Turistik industriya obyektlarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish
Akbarov Akmal Muxtarjanovich
ccts@uzbektourism.uz
+(998 95) 199-15-00
Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”, "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi qonunlari hamda muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash;
akkreditatsiya sohasiga asosan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish ishlarini olib borish;
menejment tizimlarini inspeksiya nazoratini amalga oshirish. Inspeksiya nazorati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi;
turistik industriya obyektlari menejment tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etish va ta’minlash.
Bo‘lim o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Turizm va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga menejment tizimlarini sertifikatlashtirish sohasidagi kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 16 yanvarda 2754-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, sport va turistik industriya ob’ektlarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish va inspeksiya nazorati ishlarini tashkillashtiradi;
inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
markaz faoliyati, xususan turistik industriya obyektlarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
menejment tizimlarini sertifikatlashtirishni shaffofligini ta’minlash maqsadida amaldagi qonun va qonun osti me’yoriy huquqiy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
xorijiy tajribani o‘rgangan holda menejment tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat standartlarini takomillashtirish maqsadida takliflar beradi.
