O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi "Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi" DMning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi " Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida "gi PQ-348-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 105-son qarorlarda keltirilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida nizom” talablariga muvofiq turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishni amalga oshirish vakolati berilgan.
- Korxona faoliyatining asosiy maqsadlari turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflashni amalga oshirishdan iborat.
- Korxona maqsadlariga muvofiq quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
-
joylashtirish vositalari, turoperatorlik va boshqa turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini olib borish;
- normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy inspeksiya nazoratini o‘tkazish;
-
turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayonini va undan turistlarning qoniqishini monitoring qilish maqsadida “Yashirin baholash”larni o‘tkazish;
-
turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlashtirish;
-
turistik industriya obyektlari menejment tizimlarini sertifikatlashtirish;
-
turizm sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish me’yoriy–texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
-
standartlashtirish va sertifikatlashtirishga oid attestatsiya va akkreditatsiyalarga hujjatlarni tayyorlash;
-
turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar bilan yaqindan hamkorlik olib borish. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.