Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Shikoyat va apellyatsiya jarayoni
TXSM kelib tushuvchi shikoyatlar va murojaatlar boʻyicha ishlarni boshqarish maqsadida, xususan: - shikoyat va apellyatsiyalarni qabul qilish, baholash va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish jarayonini tavsiflaydi hamda sertifikatlashtirish xizmatlari iste’molchisini qanoatlantirish maqsadida ularni hal etish boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Shikoyat va apellyatsiyalarni samarali hal etish TXSM, uning mijozlari va sertifikatlashtirishning boshqa foydalanuvchilarini xatolar, kamchiliklar va asossiz xatti-harakatlardan himoya qilishning muhim vositasidir. Shikoyat va apellyatsiyalar toʻgʻri koʻrib chiqilsa, sertifikatlashtirish faoliyatiga ishonch ta’minlanadi.
Apellyatsiya quyidagi hollarda berilishi mumkin:
- xizmat uchun sertifikat berishni rad etish;
- sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish.
Apellyatsiya va shikoyatlar ariza beruvchi va xizmatni sertifikatlashtirish organi oʻrtasida bahsli masalalar yuzaga kelgan boshqa hollarda ham berilishi mumkin.
Apellyatsiyalar TXSM ga yozma shaklda beriladi, shikoyatlar ham ogʻzaki ham yozma ravishda berilishi mumkin.
Shikoyat yoki apellyatsiya, agar u tasdiqlangan akkreditatsiya doirasiga muvofiq TXSM tomonidan amalga oshiriladigan turizm xizmatlarini sertifikatlash faoliyatiga tegishli ekanligi tasdiqlansa, koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
TXSM rasmiy shikoyat yoki apellyatsiyani olinganligini tasdiqlaydi va bu haqda pochta, telefon, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali murojaat etuvchiga xabar beradi.
Mas’ul shaxs shikoyat va apellyatsiyani qayd qiladi va kuzatib boradi hamda shikoyat yoki apellyatsiyani tasdiqlash uchun barcha zarur ma’lumotlarni toʻplash va tekshirish uchun javobgar boʻladi.
Shikoyat yoki apellyatsiya kelib tushgandan soʻng mas’ul shaxs uni tekshiradi va unga javoban qanday chora koʻrish zarurligini hal qiladi.
TXSM faoliyati bilan bogʻliq shikoyatlar va apellyatsiyalar qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi va amalga oshirilgan harakatlar jurnalida kuzatilishi bilan ta’minlanadi.
Agar zarurat aniqlansa, nomuvofiqlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi, (shu jumladan tuzatish va profilaktika choralari).
Zarur boʻlganda, TXSM shikoyat yoki appelyatsiya beruvchiga ishning borishi va shikoyat yoki appelyatsiyani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida hisobot beradi.
Shikoyat yoki apellyatsiya beruvchiga yuborilgan qaror shikoyat yoki apellyatsiya bilan bogʻliq koʻrib chiqilayotgan dastlabki sertifikatlashtirish faoliyatida ishtirok etmagan shaxs tomonidan qabul qilinadi, tahlil qilinadi va ma’qullanadi.
Xolislikni ta’minlash uchun buyurtmachining shikoyati yoki apellyatsiyasi boʻyicha buyurtmachiga konsultatsiya bergan yoki buyurtmachi tomonidan yollangan xodimlar (shu jumladan rahbariyatni) tahlil qilishlari yoki qaror qabul qilishlari mumkin emas (buyurtmachiga konsultatsiya berish yoki ishlash tugaganidan keyin kamida 2 yil davomida). Shikoyat va apellyatsiyani koʻrib chiqish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish uchun mas’ul shaxslar ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashlari shart.
Zarur boʻlganda, TXSM shikoyatchiga shikoyatni koʻrib chiqish jarayoni tugaganligi toʻgʻrisida rasmiy xabar beradi.
TXSM apellyatsiya beruvchini apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonining natijasi va tugallanganligi haqida rasman xabardor qiladi. Ikki hafta ichida e’tirozlar kelib tushmasa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
TXSM shikoyat yoki apellyatsiyani hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
TXSM shikoyatlar va apellyatsiyalarni koʻrib chiqish jarayoni boʻyicha barcha darajadagi barcha qarorlar uchun javobgar boʻladi.
Shikoyat va apellyatsiyalarni tekshirish va ular boʻyicha qaror qabul qilish shikoyatchiga nisbatan kamsituvchi harakatlarga olib kelmasligi kerak.
TXSM qaroriga rozi boʻlmagan holatlarda, shikoyat qiluvchi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilishi mumkin.