“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DMning tegishli qaroriga binoan “FAROVON TASHKENT” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi. Mehmonxonada Markaz mutaxassislari tomonidan O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti talablariga muvofiq ishlari olib borildi.

Zamonaviy va qulay mehmonxona 56 ta nomerdan iborat bo‘lib 111 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Nomerlar qulay va shinam mebel hamda inventarlar bilan to‘liq jihozlangan. Nomerdagi sanuzel sanitariya jihozlari, kerakli gigiyenik va yuvinish vositalari bilan ta’minlangan.

Mehmoxonada mehmonlar uchun konferensiya zali, ochiq terassa shuningdek mehmonxonada faoliyat yuritayotgan restoran va lounj bar mehmonlarga oʻzining mazali taomlari va ajoyib ichimliklarni taklif qiladi.
Mehmonxona Wi-Fi simsiz internet tarmog‘iga ulangan. Mehmonxona zamonaviy jihozlangan bo‘lib sifatli dam olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega.

