Joriy yilning 24-mart – 1-aprel kunlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar institutida “Xalqaro vа davlatlararo standartlashtirish” mavzusidagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. Mazkur malaka oshirish kursi Oʻzbekiston standartlar instituti hamda Rossiyaning Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (ASMS) huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi bilan tuzilgan hamkorlik Memorandumi doirasida oʻtkazilmoqda.

Kurs Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar a’zolari, shuningdek, sohaviy oliy ta’lim muassasalarining оʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DM mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
Mashgʻulotlar ASMS, Rossiya standartlashtirish instituti vа “Kodeks” Konsorsiumining ekspert-mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Tadbir davomida xalqaro va davlatlararo standartlashtirish, davlatlararo standartlarni ishlab chiqish, milliy organlarning roli, SMART-standartlar, TQ va ekspertlarning roli kabi mavzular atroflicha yoritib berildi. Ishtirokchilar faoliyat samaradorligini baholash hamda kamchiliklar va imkoniyatlarni aniqlash maqsadida fikr almashishdi. Malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.


