“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DMning tegishli qaroriga binoan “Grand Dior” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi va 4 yulduz toifasi berildi. Mehmonxonada Markaz mutaxassislari tomonidan O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti talablariga muvofiq sertifikatlashtirish va O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq tasniflash ishlari olib borildi.
Zamonaviy va qulay mehmonxona 40 ta nomerdan iborat bo‘lib 80 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Nomerlar qulay va shinam mebel hamda inventarlar bilan to‘liq jihozlangan. Nomerdagi sanuzel sanitariya jihozlari, kerakli gigiyenik va yuvinish vositalari bilan ta’minlangan.
Mehmoxonada ishbilarmon mehmonlar va biznes vakillari uchun konferensiya zali, ikki turdagi sauna va basseyn, shuningdek mehmonxonada faoliyat yuritayotgan restoran mehmonlarga oʻzining mazali taomlari va ajoyib ichimliklarni taklif qiladi.
Mehmonxona Wi-Fi simsiz internet tarmog‘iga ulangan. Mehmonxona zamonaviy jihozlangan bo‘lib sifatli dam olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega.

