2026-yil aprel oyi uchun inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 94 ta joylashtirish vositasida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turizm industriyasi obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga muvofiq, “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DM tomonidan mazkur reja tasdiqlanadi.
Inspeksiya nazorati — sertifikatlashtirish jarayonida belgilangan normativ talablar muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan davriy qayta baholashdir.
Nazorat jarayonida joylashtirish vositalari O‘zDSt 3220:2023 davlat standarti, toifaga ega obyektlar esa O‘z MSt 125:2024 milliy standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha baholanadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, standart talablariga rioya etilmagan holatlarda turizm obyektlari sertifikatining amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangi inspeksiya rejasi tasdiqlandi
25 Mart 2026

