O‘z DSt 9001:2015 sertifikatining asosiy maqsadlaridan biri xizmat koʻrsatish darajasidan mijozlarning qanoatlanishini oshirishdir. Standart boʻyicha sertifikatlashtirish nafaqat korxonani boshqarish tizimini soddalashtirish va uni yanada samarali qilish, balki iqtisodiy samara olish imkonini ham beradi.

Menejment tizimlarini sertifikatlash sertifikatlangan tashkilotning boshqaruv tizimi standart talablariga javob berishiga hujjatli dalil hisoblanadi. Menejment tizimining oʻzi sifatni ta’minlash uchun etarli sharoitlarni yaratadigan xizmatlarni taqdim etuvchi tizimni ifodalaydi.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Toshkent shahrida joylashgan “BADEN-BADEN” MChJga qarashli “BADEN-BADEN HOTEL” mehmonxonasi Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va standartga muvofiqligini namoyish etdilar.

Zamonaviy yuqori raqobatbardosh global iqtisodiyot sharoitida menejment tizimining mavjudligi barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur shartdir.
Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq sertifikatlashtirish va sertifikat olish tashkilotning samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi hamda iste’molchiga ularga koʻrsatiladigan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

