Joriy yilning 27-dekabr kuni 2024-yil uchun joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasi tasdiqlandi:
Inspeksiya nazorati - bu sertifikatlashtirish davrining bosqichi va korxonada o‘tkaziladigan menejment tizimining auditidir. Menejment tizimlarini inspeksiya nazoratini amalga oshirish jarayonida butun tizim tekshirishmaydi. Shunisi bilan sertifikatlashtirish auditidan farq qiladi. Inspeksiya nazorati yiliga bir marta amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.