Mamlakatimizda zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantiriş, sayyohlarga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşiriş hamda xalqaro talablarga javob beradigan joylaştiriş vositalari sonini köpaytiriş borasida keng kölamli işlar davom etmoqda.
Samarqand viloyatining Konigil massivida joylaşgan “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasi belgilangan sertifikatlaştiriş jarayonidan muvaffaqiyatli ötib, 5 yulduzli toifaga ega böldi.

241 ta xona va 482 ta joyga ega mehmonxona yakka tartibdagi sayyohlar bilan bir qatorda yirik turistik guruhlar, xalqaro delegatsiyalar va işbilarmonlik taşriflari iştirokçilarini ham qabul qiliş imkoniyatiga ega.
Mehmonxonaning yuqori toifaga ega bölişi Samarqandning xalqaro turizm markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, zamonaviy va yuqori darajadagi mehmonxona xizmatlarining kengayişi xorijiy sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, madaniy, gastronomik va işbilarmonlik turizmini rivojlantiriş hamda hududning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.
Sertifikat 2026-yil 4-sentabr kuni Davlat reestrida röyxatdan ötkazilgan bölib, 2031-yil 4-sentabrgaça amal qiladi. Uning amal qiliş davrida mehmonxonaning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlaş maqsadida uç marotaba inspeksiya nazorati ötkazilişi belgilangan.
“Silk Road by Minyoun” mehmonxonasining 5 yulduzli toifaga ega bölişi Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasini takomillaştiriş, yuqori sifatli mehmonxona xizmatlarini rivojlantiriş va hududning sayyohlik jozibadorligini yanada oşirişga qöşilgan muhim hissadir.

