2021-yil noyabr oyi uchun turizm xizmatlarini inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi.
Inspeksiya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’yektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Davriy inspektsiya nazorati normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obʼektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta o‘tkaziladi.
Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan tegishli qaror qabul qiladi.