Mehmonxona xizmati foydalanuvchilariga to‘g‘ri va asosli ma’lumot taqdim etilishini nazorat qilish maqsadida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan respublikadagi joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimlaridagi (www.booking.com, www.ostrovok.ru, www.mybooking.uz) ma’lumotlari tahlil qilib borilmoqda. Tahlil davomida joylashtirish vositalari tomonidan bronlash tizimlariga asossiz ma’lumotlarni kiritilishi holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, joriy yilning 15-yanvar holatiga asossiz toifa qo'yganlar bo‘yicha 175 ta, sertifikatsiz hamda reyestrga kiritilmasdan faoliyat ko'rsatayotganlar bo‘yicha 234 ta, joylashtirish vositasi turini, nomini, manzilini noto'g'ri qo'yganlar bo‘yicha 49 ta, jami 458 ta holat aniqlandi.
Mehmonxona xizmati foydalanuvchilariga asosli va to‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash maqsadida, hududlar kesimidagi ro‘yxatga muvofiq, tegishliligi bo‘yicha mehmonxonalarni onlayn bronlash tizimi, boshqa internet resurslar va tashqi yozuvlarida joylashtirish vositasi ma’lumotlarini to‘g‘rilash, sertifikatlash yoki reyestrga kiritishga jalb qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha Turizm qo‘mitasining Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Soliq qo’mitasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokimi o‘rinbosarlariga murojaat xati yuborildi.
Joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimlaridagi noqonuniy faoliyati tahlili
27 Mart 2024
- Комментарии
Loading comments...