Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi “TANTANA HOTEL” mehmonxonasiga 3 *** yulduz toifasi berildi.

Ushbu mehmonxona Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 122A-uy manzilida joylashgan.
“TANTANA HOTEL” mehmonxonasi “TANTANA HOTEL FERGANA” MChJga tegishli bo‘lib 65 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 40 ta nomerdan iborat, jumladan 3 ta lyuks, 12 ta delyuks, 25 ta standart nomerlar.

Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi:
-
Transfer;
-
Nomerga ichimlik va yegulik yetkazish (room servis 24/7);
-
Restoran;
-
Trenajor zali;
-
Konserj xizmati;
-
Konferens zallari;
-
Elektromobillar uchun zaryadlash qurilmalari;
-
Biznes xizmatlar va boshqalar.

