Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan yangi “AIRPORT PLAZA HOTEL” joylashtirish vositasi sertifikatlashtirildi.
“AIRPORT PLAZA HOTEL” mehmonxonasi “BAZARCHA” MChJga tegishli bo‘lib, 22 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 17 ta nomerdan iborat.

“AIRPORT PLAZA HOTEL” – bu yashash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan turar joyning keng tanlovi, zamonaviy va shinam xonalar qulay lokatsiyada joylashuvi jumladan Qarshi xalqaro aeroporti va Qarshi temir yo‘l vokzali bilan masofa yaqinligi, mazali nonushta hamda malakali xodimlar xizmatini o‘z ichiga olgan mehmonxona.
