Joriy yilning oktabr oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “SAFIR HOTEL” mehmonxonasida O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti va O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq baholash va tasniflash ishlari o‘tkazildi.

“SAFIR HOTEL” mehmonxonasining nomer fondi 51 ta nomerdan iborat bo‘lib, ulardan 24 tasi standart nomer, 27 tasi yarim lyuks nomerlar. Jami 102 ta joydan iborat.
Sertifikatlashtirish davomida mehmonxonada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mehmonxonaning holati va jihozlanganligi, xavfsizlikni ta’minlash tizimi talablariga rioya qilishi, taqdim etilayotgan xizmat turlari, xodimlarning malakasi, ularning o‘z lavozim yo‘riqnomalarini bilishlari va unga rioya qilishlari va boshqa zarur talablar bo‘yicha baholash ishlari olib borildi.

