Glemping va o‘tovlarga toifa olishni targ‘ib qilish maqsadida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan videorolik ishlab chiqildi. Videorolikda glemping va o‘tovlar tomonidan OʻzMSt 190:2024 milliy standartiga muvofiq toifa olish tartibi va ular uchun yaratilgan yengilliklar haqida ma’lumot berilgan.
Tasniflash tizimi lotin xarflar bilan belgilanib A, B, va C toifadan iborat bo‘ladi. Eng yuqori toifa «A», o‘rta toifa «B» va eng past «C» toifa hisoblanadi.
Hurmatli tadbirkorlar glemping va o‘tovlarga toifa olishni rejalashtirgan boʻlsangiz “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK ga murojaat qiling.

