Oʻz DST ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi - bu korxonaning oqilona boshqaruvining isboti boʻlib, uning yuqori sifatli xizmat koʻrsatayotganligining tasdiqidir. Standart boʻyicha sertifikatlashtirish nafaqat korxonani boshqarish tizimini soddalashtirish va uni yanada samarali qilish, balki iqtisodiy samara olish imkonini ham beradi.
Shu munosabat bilan "Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “Bentley Hotel Tashkent” mehmonxonasiga Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari berildi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.
“Bentley Hotel Tashkent” mehmonxonasi restoran, konferens zal, SPA va sogʻlomlashtirish markazi, bar, fitnes markaz va yopiq basseynga egadir. Har kuni ertalab mehmonlarga “shved stoli” nonushtasi taklif etiladi. Oʻqitilgan, tajribali va muloyim xodimlar faqat yuqori sifatli xizmatlarni taklif qiladi.
Oʻz DSt ISO 9001:2015 standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni oʻtkazish davomida mehmonxona samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi va iste’molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar normativlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.