Toshkent shahrida joylashgan “Sunrise Hotel” mehmonxonasida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan O‘z DSt ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish amalga oshirildi.
“Sunrise Hotel” mehmonxonasi 76 nomer va 158 joydan iborat bo‘lib, shuningdek, restoran, bar, bogʻ va terassaga egadir. Har kuni ertalab mehmonxonada “shved stoli” nonushtasi, kontinental yoki vegetarian nonushta taqdim etiladi. Oʻqitilgan, tajribali va muloyim xodimlar tomonidan faqat yuqori sifatli xizmatlar taklif qilinadi.
ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish mehmonxonaning raqobatbardoshligini mustahkamlash, obro‘sini hamda iste’molchilarning ishonchi oshirish va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdagi xavf-xatarni minimallashtiruvchi samarali ishlaydigan boshqaruv tizimi bilan ta‘minlaydi, iste’molchi uchun esa bu ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch beradi va bu olingan sertifikat bilan tasdiqlanadi.