Bugungi kunda xizmatlar koʻrsatish sohasida sifatni hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini boshqarish masalalari iqtisodiy manfaatlarning markazida turibdi. Korxonalarda xalqaro amaliyot, ilgʻor gʻoyalar va zamonaviy sifat menejmenti usullarini qoʻllash juda muhim va dolzarbdir. Menejment tizimini sertifikatlash - bu tashkilotning menejment tizimining ma’lum xalqaro ISO standartlariga muvofiqligini baholash jarayonidir. Sertifikatlash orqali ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va umumiy ovqatlanish korxonalari gigiena va xavfsizlikning eng yuqori standartlariga muvofiqligini namoyish etadilar.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Samarqand shahridagi “Zarafshon Parkside Hotel” mehmonxonasida Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini va Oʻz DSt ISO 22000:2019 standarti boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejment tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.

O‘z DSt ISO 9001:2015 va O‘z DSt ISO 22000:2019 standartlarini sertifikatlash orqali mehmonxona mijozlarning ehtiyojlari va talablarini eng yaxshi tarzda qondiradi. Iste’molchi uchun bu ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar va umumiy ovqatlanishni ta’minlash xizmatlari standartlarga javob berishiga ishonch hosil qiladi, bu esa olingan sertifikat bilan tasdiqlanadi, mehmonxona biznesi sohasidagi tashkilot uchun esa bu mijozlarga raqobatchilariga nisbatan afzalliklarini namoyish etishdir, chunki ular uchun oʻz kutganlariga mos keladigan xizmatlarni olish juda muhimdir.


