“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tegishli qaroriga binoan “KARVON PLAZA PREMIUM” MChJga qarashli “KARVON PLAZA” mehmonxonasiga 4 yulduz toifasi berildi. Mehmonxonada Markaz mutaxassislari tomonidan O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq tasniflash ishlari olib borildi.

Zamonaviy va qulay mehmonxona 54 ta nomerdan iborat bo‘lib 100 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Nomerlar qulay va shinam mebel hamda inventarlar bilan to‘liq jihozlangan. Nomerdagi sanuzel sanitariya jihozlari, kerakli gigiyenik va yuvinish vositalari bilan ta’minlangan.
Mehmoxonada ishbilarmon mehmonlar va biznes vakillari uchun konferensiya va muzokara zallari, SPA zona ikki turdagi sauna va suzish basseyni, trenajor zali, shuningdek mehmonxonada faoliyat yuritayotgan restoran va lounj bar mehmonlarga oʻzining mazali taomlari va ajoyib ichimliklarni taklif qiladi.

Mehmonxona Wi-Fi simsiz internet tarmog‘iga ulangan. Mehmonxona zamonaviy jihozlangan bo‘lib sifatli dam olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega.

