Toshkent shahridagi 4 yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga oshdi. “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tegishli qaroriga binoan “REGAL STAY” MChJga qarashli “WYNDHAM GARDEN TASHKENT” mehmonxonasiga 4 yulduz toifasi berildi. Mehmonxonada Markaz mutaxassislari tomonidan O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq tasniflash ishlari olib borildi.

Zamonaviy va qulay mehmonxona 103 ta nomerdan iborat bo‘lib 206 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Nomerlar qulay va shiman mebel hamda inventarlar bilan jihozlangan. Nomerdagi sanuzel sanitariya jihozlari, kerakli gigiyenik va yuvinish vositalari bilan ta’minlangan.

Mehmoxonada mehmonlar dam olib sogʻliqlarini tiklashlari uchun SPA markazi, 2 xil turdagi sauna, yopiq basseyn, massaj va relax xonalari, trenajor zali mavjud. Shuningdek mehmonxonada faoliyat yuritayotgan 2 ta restoran (Jemchujina Vostoka va Regal Stay) va lounge bar mehmonlarga oʻzining mazali taomlarini taklif qiladi.

Ishbilarmon va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida biznes markaz xonasi hamda bir vaqtning oʻzida 120 kishini sigʻdira oladigan konferens zali faoliyat yuritadi. Shuningder Wi-Fi simsiz internet tarmog‘i ham mavjud.
Mehmonxona zamonaviy jihozlangan bo‘lib sifatli dam olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega.


