2024-yil iyul oyi uchun inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi. Unga binoan 66 ta joylashtirish vositalarida inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarini sertifikatlash va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga binoan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan joriy sertifikatlashtirilgan xizmatlarni inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlanadi.
Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish obyektida (joylashtirish vositasi) sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy qayta baholash hisoblanadi.
Inspeksiya nazorati vaqtida joylashtirish vositalari O‘z DSt 3220:2023 davlat standarti, toifaga ega joylashtirish vositalari esa O‘z MSt 125:2024 standartlari talablariga muvofiqligi baholanadi.
Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha turizm obyektlari tomonidan standart talablari bajarilmagan holatlarda sertifikatni amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.

