Yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi – turistlarga hamrohlik qiluvchi va turistik marshrutlardan o‘tishda ularning xavfsizligini ta’minlovchi professional tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs. U qiyin yerlar, suv, tog‘ va boshqa obyektlardan o'tadigan joylarda, ya’ni hayot uchun xavf ortishi bilan bog'liq marshrutlarda ishlaydi.
Yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi professional tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak.
Ushbu kasb bo'yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
- optimal marshrutni ishlab chiqadi;
- zarur jihozlarni tayyorlaydi;
- sayohat boshlanishidan oldin birinchi tibbiy yordam to'plamini shakllantiradi;
- guruhning xavfsizligini, shu jumladan qutqaruv xizmatlari bilan favqulodda aloqani ta’minlaydi;
- kerak bo'lganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatadi;
- qoyalarga ko'tarilish, suvga sho'ng'ish, paraplanda uchish, parashyutda sakrash va hokazolarda ko'nikmalardan foydalanish bo'yicha maslahatlar beradi.