ICESCO (Islamic Educational, Scientific and Cultural Organization) – Islom dunyosining yetakchi xalqaro tashkilotlaridan biri bo‘lib, ta’lim, fan, madaniyat va aloqa sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. U 1982-yilda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tarkibida tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Rabot (Marokash)da joylashgan.
ICESCOning asosiy maqsadlari: Islom mamlakatlarida ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish, Islom merosini saqlash va targ‘ib qilish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish va barqaror rivojlanish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston ICESCO faoliyatida muhim o‘rin tutadi, chunki mamlakat boy islom madaniyati, tarixiy meros (Samarqand, Buxoro, Xiva) va ilmiy an’analarga ega.
Asosiy hamkorlik yo‘nalishlari:
Madaniy merosni saqlash; ICESCO O‘zbekistonning ko‘plab tarixiy shaharlarini (Samarqand, Buxoro) "Islom Madaniyati Po‘ytaxti" va "Islom Meros Shaharlari" ro‘yxatiga kiritgan. 2021-yilda Buxoro "Islom Madaniyati Po‘ytaxti" deb tan olingan.
Turizmni rivojlantirish; 2021-yilda O‘zbekiston "Islom dunyosining turizm poytaxti" nomini olgan. Halol turizm, madaniy va diniy sayyohlikni targ‘ib qilish.
Xalqaro konferensiyalar va forumlar; O‘zbekistonda ICESCO bilan birgalikda turli simpoziumlar o‘tkaziladi (masalan, islom madaniyati, ziyorat turizmi).
Kelajakdagi hamkorlik; O‘zbekiston ICESCO bilan yaqin aloqada bo‘lib, kelajakda madaniy merosni saqlash, ta’lim sohasidagi loyihalar va barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

