O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 48-bandiga asosan turizm sohasidagi sertifikatlashtirilgan obyektlarni amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy inspeksiya nazoratini o’tkazish belgilab qo‘yilgan.
Xususan, joriy yilning avgust oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 60 ta turizm obyektlarida inspeksiya nazorati o‘tkazildi. Jumladan, jumladan 46 ta mehmonxona, 7 ta yotoqxona, 2 ta dam olish zonasi va 5 ta sanatoriya.
Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra, 16 ta tashkilotlarda kamchiliklar aniqlanib, sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Markazning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, inspeksiya nazorati vaqtida sertifikatlashtirish uchun taqdim qilingan hujjatlar dolzarbligi, yaratilgan sharoitlar saqlanib turilgani va xodimlar malakasi qayta baholanadi.