O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomining 48-bandiga asosan turizm sohasidagi sertifikatlashtirilgan obyektlarni amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy inspeksiya nazoratini o’tkazish belgilab qo‘yilgan.
Xususan, joriy yilning may oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon hamda Surxondaryo viloyatlari joylashgan 64 ta turizm obyektlarida inspeksiya nazorati o‘tkazildi. Jumladan, jumladan 47 ta mehmonxona, 8 ta yotoqxona, 6 ta dam olish zonasi, 2 ta davolanish maskani va 1 ta o‘tovli lager.
Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra, 34 ta tashkilotlarda kamchiliklar aniqlanib, sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Markazning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, inspeksiya nazorati vaqtida sertifikatlashtirish uchun taqdim qilingan hujjatlar dolzarbligi, yaratilgan sharoitlar saqlanib turilgani va hodimlar malakasi qayta baholanadi.

