Mehmonxonada menejment tizimi - bu ISO 9001 standarti asosida ishlaydigan umumiy mehmonxona boshqaruv tizimining bir qismi bo‘lib, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining barqarorligini ta’minlash, mijozlar ehtiyojlari, raqobatchilarning xatti-harakatlari, mamlakat iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mehmonxona sifatini takomillashtirish imkonini beruvchi tashkilot ichidagi me’yoriy hujjatlardir.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan joriy yil davomida joylashtirish vositalarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish ishlari olib borildi va quyidagi mehmonxonalarga O‘z DSt ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari topshirildi:
1. “Aysel-Invest” MChJga qarashli “Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasi.
2. “Garden Plaza Bukhara” MChJga qarashli “Garden Plaza Bukhara” mehmonxonasi.
3. “Green Park Plaza” MChJga qarashli “Green Park Hotel” mehmonxonasi.
4. “Rich Park Hotel” MChJ XKga qarashli “Rich Park Hotel” mehmonxonasi.
5. “New Beginning” MChJ XKga qarashli “Sunrise Hotel” mehmonxonasi.
6. “Travel Asan” MChJga qarashli “Usmon Ota” dam olish zonasi.
7. “Konstantin Itol” MChJga qarashli “Konstantin” mehmonxonasi.
8. “Konstantin Itol” MChJga qarashli “Konstantin Plaza” mehmonxonasi.
9. “Orient Star Khiva” MChJga qarashli “Orient Star Khiva” mehmonxonasi.
10. “Shavot Grand Plaza” MChJ QKga qarashli “Antalya Grand Palace” mehmonxonasi.
11. “Tosh Travel Product” MChJga qarashli “Garnet Hotel” mehmonxonasi.
12. “Sunshine-Turon International LTD” MChJ XKga qarashli “Ramada” mehmonxonasi.
13. “Michelin Hotel” MChJga qarashli “Michelin Hotel” mehmonxonasi.
14. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Samarkand Regency Amir Temur” mehmonxonasi.
15. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasi.
16. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Wellness Park Hotel Afrosiyob” mehmonxonasi.
17. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Wellness Park Hotel Bactria” mehmonxonasi.
18. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Wellness Park Hotel Sogd” mehmonxonasi.
19. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Wellness Park Hotel Turon” mehmonxonasi.
20. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Savitsky Plaza” mehmonxonasi.
21. “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Lia! by Minyoun Stars of Ulugbek” mehmonxonasi.
22. “Ekotexproekt-Engineering” MChJga qarashli “Bentley Hotel Tashkent” mehmonxonasi.
23. “Yanis CPH” MChJga qarashli “Crowne Plaza Tashkent” mehmonxonasi.
“2023-yil joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasi”ga asosan 18 ta mehmonxonada inspeksiya nazoratlari oʻtkazildi.
Menejment tizimini sertifikatlashtirish natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
-
mehmonxonada doimiy yuqori xizmat sifatini kafolatlash;
-
-
xizmat ko‘rsatish sifati ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;
-
-
tashkilotning raqobatbardoshligini, obro‘sini hamda iste’molchilarning ishonchini oshirish va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdagi xavf-xatarni minimallashtish.
Bu esa joylashtirish vositalarida samarali ishlaydigan boshqaruv tizimini mavjudligini namoyon etadi.